AsosiySport

Sardor Rashidov BAAning “Al-Jazira” klubi a`zosiga aylandi

'Sardor Rashidov BAAning “Al-Jazira” klubi a`zosiga aylandi 'ning rasmi

O`zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Sardor Rashidov BAA Pro Ligasi vakili – Abu-Dabi shahri sharafini himoya qiluvchi “Al-Jazira” klubi a`zosiga aylandi.

O`zbekistonlik futbolchi 2015 yildan buyon Qatarning “Al-Jaish” klubida to`p surib kelayotgan edi. 2017 yilgi mavsum yakunida bitta shahar klublari – “Al-Jaish” va “Lahviya” o`zaro birlashib, “Al-Duhail” jamoasiga aylandi. Shundan keyin Sardor Rashidov Qatarni tark etishga qaror qildi.

Qayd etish joiz, “Al-Jazira” yakuniga etgan mavsumda BAA chempioniga aylandi va klublar o`rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo`lga kiritdi.

Ma`lumot uchun, Sardor Rashidov faoliyati davomida “So`g`diyona” (2007–2008), “Bunyodkor” (2009–2015) va “Al-Jaish” (Qatar, 2015–2017) klublarida to`r surgan. Yarim himoyachi 2013 yildan buyon O`zbekiston milliy terma jamoasi safida o`ynab kelmoqda.

Boshqa yangiliklar