Rossiyaning Qozon shahrida Konfederasiyalar Kubogi–2017 musobaqasining "A" guruhidan o`rin olgan Portugaliya va Meksika terma jamoalari bahsi bo`lib o`tdi.
Gollarga boy kechgan uchrashuv 2:2 hisobida durang bilan yakunlandi. E`tborlisi, portugaliyaliklar o`yin davomida ikki marta hisobda oldinda borayotgan edi, ammo har ikki safar Meksika termasi hisobni tenglashtirdi.
Portugaliya – Meksika – 2:2 (1:1)
Gollar: Kuarejma 34, Sedrik 86 – Ernandes 42, Moreno 90+1.
Portugaliya: Ruy Patrisiu, Sedrik, Pepe, Joze Fonte, Gerreyru, Villiam Karvalyu, Moutino (Adrien Silva 58), Andre Gomesh, Kuarejma (Andre Silva 82), Krishtianu Ronaldu, Nani (Martinsh 58).
Meksika: Ochoa, Salsedo (Arauxo 67), Moreno, D. Reyes, Layun, Guardado, Xonatan dos Santos, Errera, Vela (Dos Santos 57), Ernandes, Ximenes (Peralta 79).
Ogohlantirishlar: Adrien Silva 68, Guardado 73, Andre Gomesh 90+3.