O`zbekiston U-15 terma jamoasi shu yilning 2–10 iyul kunlari Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida o`tkaziladigan Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasining CAFA CUP–2017 turnirida ishtirok etadi.
Musobaqada O`zbekiston o`smirlar termasi bilan birgalikda Tojikiston, Qirg`iziston, Turkmaniston, Afg`oniston va Eron U-15 terma jamoalari ishtirok etadi.
Quyida turnir taqvimi bilan tanishing:
U-15 CAFA CUP–2017
Tojikiston, Dushanbe
2–10 iyul, 2017 yil
2 iyul, yakshanba
17:00 Eron – Turkmaniston
18:00 O`zbekiston – Afg`oniston
20:00 Tojikiston – Qirg`iziston
4 iyul, seshanba
17:00 O`zbekiston – Eron
18:00 Turkmaniston – Qirg`iziston
20:00 Afg`oniston – Tojikiston
6 iyul, payshanba
17:00 Qirg`iziston – O`zbekiston
18:00 Eron – Afg`oniston
20:00 Tojikiston – Turkmaniston
8 iyul, shanba
17:00 Eron – Qirg`iziston
18:00 Afg`oniston – Turkmaniston
20:00 O`zbekiston – Tojikiston
10 iyul, dushanba
17:00 Turkmaniston – O`zbekiston
18:00 Qirg`iziston – Afg`oniston
20:00 Tojikiston – Eron
Izoh: Uchrashuv soatlari Toshkent vaqti bilan ko`rsatilgan
Avvalroq O`zbekiston U-15 termasi 13–17 iyun kunlari Xitoydagi xalqaro musobaqada ishtirok etishi haqida xabar berilgandi. Turnirlar orasidagi taqvim tig`iz bo`lgani sababli, O`zbekiston o`smirlar termasi ikkiga bo`linadi. U-15 CAFA CUP–2017 musobaqasiga futbolchilarni Aleksandr Mochinov tayyorlaydi va ular bilan Tojikistonga yo`l oladi. Dilshod Nuraliev esa shogirdlarini Xitoydagi turnirga olib boradi.
Mazkur musobaqa O`zbekiston o`smirlar termasi uchun 2018 yilgi U-16 Osiyo chempionatiga saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o`taydi. Saralash bosqichi shu yilning 16–24 sentyabr kunlari bo`lib o`tadi.






