Aleksandr Mochinov bosh murabbiyligidagi O`zbekiston U-18 terma jamoasi Minsk shahridagi o`quv-mashg`ulotlar yig`ini davomida ikkinchi o`rtoqlik uchrashuvini o`tkazdi.
Belarus yoshlariga qarshi ikkinchi bellashuvda o`zbekistonlik futbolchilar 4:0 hisobidagi yirik g`alabaga erishdi. Dastlabki bahsda O`zbekiston U-18 termasi 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
Eslatib o`tamiz, mazkur o`rtoqlik o`yinlari O`zbekiston U-18 terma jamoasi uchun 2018 yili bo`lib o`tadigan U-19 Osiyo chempionati saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o`taydi. Saralash bosqichi uchrashuvlari shu yilning 31 oktyabr – 8 noyabr kunlari Tojikistonda bo`lib o`tadi.
O`rtoqlik uchrashuvi
Minsk, Belarus
19 iyun, dushanba
O`zbekiston U-18 – Belarus U-18 — 4:0
Gollar: Asadbek Sobirjonov (14), Jahongir Abdusalomov (37), Rasul Yo`ldoshev (39), Bobur Asqarov (90+4)
O`zbekiston U-18: Javohir Qilichev, Dilshod Saidov, Abubakir Mo`ydinov, Rasul Yo`ldoshev, Nodir Kuybokov, Akmal Mozgovoy, Suhrob Izzatov, Bobur Asqarov, Islom Kenjaboev, Asadbek Sobirjonov, Jahongir Abdusalomov.
Zaxira: Umid Ergashev, Ibrohim Yo`ldoshev, Kamron Saidazimov, Sanjar Zokirov, Georgiy Ahmedov.
Belarus U-18: Kirill Kotov, Vladislav Malkevich, Maksim Myakish, Vladislav Glinskiy, Ilya Jugir, Artyom Petrenko, Gleb Shevchenko, Aleksey Smirnov, Sergey Volkov, Miroslav Xlebosolov, Kirill Ermakovich.
Zaxira: Egor Davidenko, Nikita Betenya, Andrey Pimipoves, Egor Lanun, Evgeniy Sakuta, Vladimir Starostin, Maksim Kavel, Aleksandr Ksenorantov, Ilya Semo, Ilya Vasilevich.






