AsosiySport

KK–2017. Germaniya gollar shousida Avstraliyadan ustun keldi (Video)

'KK–2017. Germaniya gollar shousida Avstraliyadan ustun keldi (Video)'ning rasmi

Rossiyada Jahon chempionatidan oldin o`tkaziladigan Konfederasiyalar Kubogi bahslari davom etmoqda.

“B” guruhi 1-turida Jahon chempioni Germaniya terma jamoasi Osiyo chempioni Avstraliyaga qarshi bahs olib bordi. Sochi shahrida bo`lib o`tgan o`yinda germaniyaliklar 3:2 hisobida g`alaba qozondi.

G`oliblar safida Lars Shtindl, Yulian Draksler va Leon Goreska gol kiritgan bo`lsa, avstlariyaliklardan Tomas Gorich va Tomi Yurich javob gollarini yo`lladi.

Avstraliya – Germaniya 2:3

Gollar: 0:1 - 5 Lars Shtindl, 1:1 - 41 Tomas Rogich, 1:2 - 44 Draksler, 1:3 - 48 Leon Goreska, 2:3 - 55 Tomi Yurich

Avstraliya: Rayan, Degenek, Rayt, Bexich, Seynsbari, Milligen, Muy, Luongo(Robbi Kruz 46), Rogich, Leki, Yurich.

Germaniya: Leno, Mustafi, Xektor, Ryudiger, Kimmix, Rudi, Draksler, Goreska, Brandt(Zyule 62), Vagner(Verner 58), Shtindl.

Boshqa yangiliklar