Madridning “Real” jamoasi prezidenti Florentino Peresning aytishicha, klub hujumchisi Krishtianu Ronaldu bo`yicha hech kimdan taklif kelmagan.
“Hech kim bizga Ronaldu yoki boshqa futbolchi borasida taklif bilan chiqmadi. Ronaldu bu erda hammadan muhim va hammadan kuchli”, – dedi Peres.
“Real” prezidenti portugaliyalik futbolchining Madrid klubidan ketish qaroriga o`z munosabatini bildirdi.
“Barchasini gazetalarda o`qidim. Bu muammoga echim hozircha yo`q. Unda amal qilib turgan shartnomasi bor, u “Real” a`zosi hisoblanadi. U bilan gaplashib olgandan so`ng barchasi aniq bo`ladi”, – deydi Florentino Peres.






