Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O`zbekiston U-22 terma jamoasi shu yilning 30 iyun – 6 iyul kunlari Qatar poytaxti Doha shahrida o`tkaziladigan xalqaro musobaqada ishtirok etadi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati xabar bermoqda.
Turnirda to`rt mamlakat yoshlar termasi ishtirok etadi: Qatar, O`zbekiston, Iordaniya va Qirg`iziston. Uchrashuvlar Al Sadd va Aspire P7 maydonlarida bo`lib o`tadi.
Quyida musobaqa taqvimi bilan tanishing:
30 iyun, juma
20:45 Iordaniya – O`zbekiston
22:00 Qatar – Qirg`iziston
2 iyul, yakshanba
20:45 Qirg`iziston – Iordaniya
22:00 Qatar – O`zbekiston
4 iyul, seshanba
20:45 O`zbekiston – Qirg`iziston
22:00 Qatar – Iordaniya
6 iyul, payshanba
20:45 3-o`rin uchun bahs
23:00 1-o`rin uchun bahs
Ma`lumot uchun, ushbu musobaqa O`zbekiston yoshlar termasi uchun 2018 yili Xitoyda bo`lib o`tadigan U-23 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi uchun tayyorgarlik vazifasini o`taydi. Saralash bosqichi shu yilning 15–19 iyul kunlari BAAda bo`lib o`tadi.






