Estrada olamiga endigina kirib kelayotgan hamda allaqachon muxlislarga yaxshi tanish bo`lgan ko`plab xonandalar uchun o`ziga xos obrazlar yaratib kelayotgan stilist, vizajist-dizayner Lidiya Andre xonandalikka qo`l urdi.
Lidiya “Sumaya” taxallusi ostida ijod qilmoqda. Uning ilk qo`shig`i “Ey dilrabo” deb nomlanadi. Tarona fors tilida ijro etilgan.
Lidiya Andrening “Sayyod.com”ga ma`lum qilishicha, uni kuylashga undagan omil—qo`shiq kuylay olmaydigan xonandalar bo`lgan.
“Kuylashni bilmay kuylayotgan ekan, demak men ham kuylay olaman!”,—deydi Lidiya. Shuningdek, u ilk qo`shig`ini fors tilida kuylaganiga quyidagicha izoh beradi:
“Qo`shiq fors tilida ijro etildi, sababi fors tili eng yoqimli va go`zal tillardan biri, nazarimda”, — deydi.