Bugun “Lokomotiv” milliy chempionatimiz 14-tur o`yinlari doirasida “Dinamo”ga qarshi bahs olib boradi.
Ta`kidlash joizki, mazkur uchrashuvda jamoamizga bir qator etakchi futbolchilar yordam bera olishmaydi. Jumladan, Diyor Turopov, Islom To`xtaxo`jaev hamda Marat Bikmaevda jarohat bor ekani sabab ushbu futbolchilar bugungi bahsni o`tkazib yuborishadi.
Qolaversa, sariq kartochkalari to`planib qolgani sababli Jaloliddin Masharipov ham “Dinamo”ga qarshi o`yinda ishtirok eta olmaydi. Eslatib o`tamiz, “Lokomotiv” – “Dinamo” qarama-qarshiligi soat 19:00da “Lokomotiv” stadionida start oladi.






