AsosiySport

“Arsenal” jamoasi “Barselona” futbolchisi uchun 30 mln evro taklif qilmoqchi

'“Arsenal” jamoasi “Barselona” futbolchisi uchun 30 mln evro taklif qilmoqchi'ning rasmi

“Arsenal” jamoasi “Barselona” klubi yarim himoyachisi Arda Turanni sotib olish fikridan qaytmadi va uni qo`lga kiritishga harakat qilmoqda.

Daily Mail nashrining ma`lum qilishicha, “to`pchilar” 30 yoshli turkiyalik futbolchi uchun 30 million evro taklif qilishni rejalashtirgan.

“Arsenal” avval ham kataloniyaliklarga Turan borasida taklif bilan chiqqan. O`shanda London klubi 25 million taklif qilgandi, biroq “Barselona” transferdan kamida 41 million evro ishlash istagi borligini yashirmagan.

Arda Turan “Barselona”ning asosiy tarkibidan joy ola bilmagach, klubni tark etishga tayyorligini bildirgan. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilgacha mo`ljallangan.

Boshqa yangiliklar