Oliy Liga 15-turida "Nasaf"ga qarshi uchrashuvda “Paxtakor” futbolchisi Behruz Sa`dullaev oliy ligada birinchi o`yinini o`tkazdi.
Yoshlar jamoasida o`zidan yaxshi taassurot qoldirgan futbolchi 2017 yilgi mavsumda "Paxtakor"da debyut qilgan 9-o`yinchiga aylandi. Sa`dullaev 21 yoshida debyutini nishonladi.
Eng yosh debyut qilgan hozircha G`anixonov bo`lib turibdi. U 17 yoshga to`lmasdan asosiy jamoada birinchi bellashuvini o`tkazib ulgurdi.
2017 yil "Paxtakor"da debyut qilganlar:
Hojiakbar Jo`raev
Shohrux Raimov
Hojiakbar Alijonov
Xushnud Avilov
Doston Ibrohimov
Jamshid Yusupov
Ibrohim G`anixonov
Shohrux Mahmudhojiev
Behruz Sa`dullaev






