Ayni vaqtda O`zbekiston teleradiokompaniyasi “SPORT TV” telekanalida “O`zbekistonda sport: Yangi vazifalar, olimpiya harakati va sog`lom turmush tarzi” mavzusida Xalqaro press-klubning navbatdagi chiqishi bo`lib o`tmoqda.
O`zbekiston Futbol Federasiyasi bosh kotibi Sardor Rahmatullev va PFLning kelishilgan o`yinlarga qarshi ma`sul ofiser Axrol Inoyatov Xalqaro press-klubda ishtirok etmoqda.
Bundan tashqari, O`zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport davlat qo`mitasi raisi Rustam Qurbonov, Milliy olimpiya qo`mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov hamda Jismoniy tarbiya instituti rektori ishtirok etmoqda.






