AsosiySport

TDIU o`qituvchisi "Paxtakor"da Damas" avtomobilini yutib oldi

'TDIU o`qituvchisi "Paxtakor"da Damas" avtomobilini yutib oldi 'ning rasmi

Oliy Liga 14-turidan o`rin olgan "Paxtakor" - "Nasaf" (2:1) uchrashuvida "Damas" avtomobiliga ega chiqqan Zarifa Ismoilova sovg`asini qabul qilib oldi.

Klub tomonidan o`tkazilayotgan "Omadli muxlis" ijtimoiy aksiyasining navbatdagi asosiy yutug`ini qo`lga kiritgan Zarifa Ismoilova Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida ingliz tilidan dars beradi. U 19 iyun kuni o`tgan bellashuvga tashrif buyurishi va ushbu aksiya to`g`risida fikrlarini bildirib o`tdi:

- 10 yoshli o`g`lim Bositxon "Paxtakor"ga muxlislik qiladi. Uning qiziqishi sabab jamoa uchrashuvlariga tashrif buyuramiz. "Buxoro"ga qarshi o`yinga ham kelgandik. Tanaffus paytida sovrinli aksiya o`tkazilishini bilardim, ammo unga ishonchim yuqori emasdi. "Damas" avtomobilini yutib olganimdan keyin ham mashinani berishlariga ishonmayotgandim. Mana, endi sovg`amni qabul qilib oldim. O`zim tanigan-bilgan barcha insonlarga "Paxtakor" klubi o`tkazayotgan ijtimoiy aksiya halol ekani haqida gapirib beraman. Jamoaning keyingi o`yinlariga kelib, qo`llab-quvvatlashda davom etamiz. Klub rahbariyatiga minnatdorchiligimni izhor etaman".

Boshqa yangiliklar