Portugaliya terma jamoasi KK–2017 “A” guruhi 2-turida mezbon Rossiya termasi futbolchilariga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvdan oldin odatga ko`ra futbolchilar yosh bolalarni o`zi bilan birga olib chiqdi. “Real Madrid” yulduzi Krishtianu Ronaldu imkoniyati cheklangan qizcha bilan chiqib, uni o`pib qo`ydi.
Bundan xursand bo`lgan qizcha ko`z yoshlarini yashira olmadi.
Eslatib o`tamiz, Portugaliya terma jamoasi aynan Krishtianu Ronaldu tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga Rossiyani mag`lubiyatga uchratdi.