23 iyun, juma kuni "Paxtakor" futbol klubi yangi bosh murabbiyi va futbolchisi bilan tanishtiruv marosimini o`tkazadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Paxtakor" stadionida o`tkaziladigan marosimda ishqibozlar Shota Arveladze va Marko Simich bilan tanishib olish imkoniga ega bo`lishadi. Muxlislar uchun alohida dastur mo`ljallangan bo`lib, ular e`tiboriga konsert dasturi havola etiladi. Arveladze va Simich maydonga chiqib, tanishtiruv qismi tugagach, esdalik sovg`alari taqdim etiladi.
Ishqibozlar "Paxtakor" stadioniga Islom Karimov shoh ko`chasi tarafdan kirib, 32-sektorga joylashishlari mumkin. Muxlislar uchun tadbir 18:30da boshlanadi.






