AsosiySport

O`FF texnik direktori Shavkat Imomov OFK Texnik qo`mitasi yig`ilishida ishtirok etadi

'O`FF texnik direktori Shavkat Imomov OFK Texnik qo`mitasi yig`ilishida ishtirok etadi 'ning rasmi

Shu yilning 4–7 iyul kunlari Malayziya poytaxti Kualu-Lumpur shahrida Osiyo futbol konfederasiyasi (OFK) Texnik qo`mitasining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tadi.

Unda O`zbekiston Futbol Federasiyasi texnik direktori, OFK Texnik qo`mitasi a`zosi, Bolalar, o`smirlar va ommaviy futbol boshqarmasi boshlig`i Shavkat Imomov ham qatnashadi, deb xabar bermoqda O`FF matbuot xizmati.

“Bo`lajak yig`ilishda OFK bayrog`i ostida bo`lib o`tadigan musobaqalar strategiyasining texnik jihatlari ko`rib chiqiladi. Shuningdek, bolalar ommaviy futboli bo`yicha yangi Special Grassroot Awards mukofotini hamda OFKning yildagi eng yaxshi ayol futbolchisi sovrinini joriy qilish masalalari muhokama qilinadi”, – dedi Shavkat Imomov.

Avvalroq Shavkat Imomov 26 iyun – 3 iyul kunlari Sankt-Peterburg shahrida bo`lib o`tadigan “Futbol do`stlik uchun” loyihasida O`zbekiston delegasiyasiga rahbarlik qilishi haqida xabar berilgandi.

Boshqa yangiliklar