1

​Forbes yana Bill Geytsni eng boy amerikalik deb tan oldi

Dunyo 22.06.2017, 15:09
Teglar: Boylik
​Forbes yana Bill Geytsni eng boy amerikalik deb tan oldi

Forbes tomonidan Amerikaning har bir shtatidan tanlab olingan boylar reytingiga ko`ra, Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts 88,9 milliard dollar bilan yana Amerikaning eng boy odami sanaladi.

Vashington shtatida yashovchi Geyts bir vaqtning o`zida dunyoning ham eng boy odami deb topildi, u bir yil ichida boyligiga 12 milliard dollar qo`shdi.

Ikkinchi o`rinda Amazon internet-kompaniyasi asoschisi Jeff Bezos turadi, uning boyligi 83,3 milliard dollarni tashkil qiladi.

Kaliforniyaning eng boy fuqarosi va ro`yxatdagi eng yosh milliarder 33 yoshli Facebook kompaniyasi asoschisi Mark Sukerberg (62,4 milliard dollar). Nyu-York shtatidan boylar ro`yxatiga sobiq mer Maykl Blumberg (50,7 milliard dollar) kirdi.

Mashhur tadbirkor Uorren Baffet 76,2 milliard bilan Nebraska shtatining eng boy odami bo`ldi.

Forbes reytingidagi 52 nafar qatnashchining umumiy boyligi 745 mlrd dollardan ko`p. Shu bilan birga ettita shtatda – Alabama, Alyaska, Delaver, Missisipi, Nyu-Meksiko, Shimoliy Dakota va Vermontda – milliarderlar umuman yo`q.

Sharhlar

​“Erim puli ko`paygach, o`zgarib qoldi...”

12.07.2017, 16:22

“Yoshim qirq beshda. Uch farzandning onasiman, bir qizimni turmushga uzatganman. Erimning ishlari 2-3 yil oldin yurishib ketdi, topish-tutishi yaxshilandi. Puli ko`paygach, u o`zgarib qoldi. Ichadigan...
​TO`LOVI € 100 000 BO`LGAN DUNYoNING ENG QIMMAT MAKTABI O`QUVChILARI QANDAY YaShAShADI

11.07.2017, 14:32

Doim boy odamlar qanday yashashini kuzatish qiziqarli. AdMe.ru Institut Le Rosey maktabiga sayohatga chorladi. Institut Le Rosey — Shveysariyada joylashgan qadimiy maktablardan biri. Uni «qirollik...
Sobiq millioner 20 yil mobaynida kimsasiz orolda yashadi

22.06.2017, 15:51

Avstraliyalik sobiq millioner Devid Gleshin (David Glasheen) 1987 yilda moliyaviy inqirozga uchragandan keyin 20 yil davomida kimsasiz orolda yashab kelmoqda, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.Ko`chmas...
​Eng boy va omadli burj sohiblarining reytingi! Siz nechinchi o`rindasiz?

06.06.2017, 12:15

Astrologlar insonning moliyaviy barqarorligi yulduzlar joylashuviga bog`liqligini ta`kidlashadi. Keling, qaysi burj sohibi eng boy va pul topishda omadli ekanligini bilib olamiz. Reytingni ohiridan boshlaymiz.12 o`rin...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1