AsosiySport

QRFF bosh kotibi o`zbekistonlik OFK instruktoriga minnatdorchilik bildirdi

'QRFF bosh kotibi o`zbekistonlik OFK instruktoriga minnatdorchilik bildirdi 'ning rasmi

Shu yilning 12–18 iyun kunlari Qirg`iziston poytaxti Bishkek shahrida futzal bo`yicha Markaziy Osiyoda yagona sanalgan OFK instruktori — o`zbekistonlik Avaz Maksumov tomonidan futzal bo`yicha Level 2 lisenziyasi uchun o`quv-kurslari o`tkazildi.

O`quv-kurslarda jami 17 nafar murabbiy ishtirok etib, yakunda barchasi AFC Futsal Coaching Level 2 lisenziyasiga ega bo`ldi. Qirg`iziston Respublikasi futbol federasiyasi (QRFF) bosh kotibi M.Siddiqov olib borilgan nazariy va amaliy mashg`ulotlar uchun Avaz Maksumovga minnatdorchilik bildirdi.

“Shu yilning 12–18 iyun kunlari Bishkek shahrida o`tkazilgan AFC Futsal Coaching Level 2 o`quv-kurslarini olib borgan OFK instruktori Avaz Maksumovga professionalligi va chuqur bilimi uchun Qirg`iziston Respublikasi futbol federasiyasi, mamlakatimiz futbol jamoatchiligi va shaxsan o`z nomindan minnatdorchilik bildiraman. Kelgusida ham mamlakatlarimiz va futbol rivoji uchun hamkorlik qilishdan umidvormiz”, – deyiladi QRFF bosh kotibi xatida.

Boshqa yangiliklar