“Yuventus” jamoasi rahbariyati “Manchester Siti” ga o`tayotgan himoyachi Dani Alvesga o`rinbosarni “Real”dan topdi.
Calciomercato nashrining ma`lum qilishicha, turinliklar braziliyalik futbolchining o`rniga “Real” himoyachisi Daniloni olib kelmoqchi. Futbolchining agenti transferni amalga oshirish uchun “Yuventus” vakillari bilan uchrashgani ma`lum bo`ldi.
Ma`lumot uchun, Danilo 2015 yili 31,5 mln evro evaziga “Portu”dan “Real” safiga kelib qo`shilgandi.