AsosiySport

Qarshida qayta ta`mirdan chiqqan stadionning tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tadi

'Qarshida qayta ta`mirdan chiqqan stadionning tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tadi'ning rasmi

Qarshi shahridagi “Nasaf” futbol klubining uy uchrashuvlari bo`lib o`tadigan “Markaziy” stadion to`liq rekonstruksiyadan chiqdi. Nihoyat stadion futbol uchrashuvlari o`tkazilishiga tayyor qilindi. “Markaziy” stadioni 2006 yili foydalanishga topshirilgan bo`lib, 2009 yili ”Nasaf” PFK ixtiyoriga berilgan edi.

Stadionda keng ko`lamdagi rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi. Stadion rekonstruksiyadan so`ng ko`pgina o`zgarishlarga ega bo`ldi. Misol tariqasida aytish mumkinki, rekonstruksiyagacha o`rindiqlar soni 16 000 edi, hozir esa o`rindiqlar soni 21 000taga etkazildi. Stadion futbol maydoni tubdan o`zgartirildi. Maydonga zamonaviy muhandislik komunikasiyalari o`rnatildi. Futbol maydoniga "Kentucky bluegrass" navli yangi chim yotqizildi. Eng muhimi tomoshabinlar bilan maydon oralig`i ancha yaqinlashtirildi. Bu o`zgarish futbol ishqibozlari uchun ancha qo`laylik yaratadi.

Muxlislar 30 iyun kuni stadionning tanatanali ochilishiga tashrif buyursib, o`zgarishlarni o`z ko`zi bilan ko`rishi mumkin bo`ladi.

Endi 30 iyun kuni bo`ladigan tadbirlar haqida batafsil. Demak, 30 kuni “Markaziy” stadionni tanatanali ochilish marosimi bo`ladi. Marosimlar soat 18:00dan boshlanadi. Shu kuni taniqli san`atkor va “Nasaf” futbol klubining ashaddiy muxlisi - Davron G`oipov siz aziz muxlislarga o`zining konsert dasturini taqdim qiladi.

Soat 19:30dan boshlab, O`zbekiston kubogi chorak finalining dastlabki uchrashuvi boshlanadi. Unda “Nasaf” jamoamiz “Qo`qon-1912” jamoasi bilan kuch sinashadi. Bu uchrashuvga bo`lgan qiziqish juda yuqori. Zero, bu yilgi kubok bahslarida jamoamiz uchun bu uchrashuv muhim o`rin tutadi.

Muxlislari uchun ma`lumot tariqasida: rekonstruksiyadan so`ng stadion sektorlarining raqamlanishi bo`yicha ham o`zgarishlar sodir bo`ldi. Bu o`zgarishlarni quyidagi surat orqali ham bilib olishi mumkin.

Uchrashuv chiptalari 27 iyun seshanba kunidan stadion qoshidagi chiptaxonlar orqali sotuvi boshlanadi.

Chiptalar narxi:

CIP sektordagi o`rindiqlar (900ta) – 20 000 so`mdan

Markaziy sektorlar (1, 2, 6, 7, 8) – 15 000 so`mdan

2-qavatdagi sektorlar (12, 13, 14, 15, 16, 17, 18) – 10 000 so`mdan

Darvoza ortidagi sektorlar (3, 4, 5, 9, 10, 11) – 8 000 so`mdan

Boshqa yangiliklar