AsosiySport

“Paxtakor” chernogoriyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi

'“Paxtakor” chernogoriyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi 'ning rasmi

Chernogoriya terma jamoasi himoyachisi Marko Simich “Paxtakor”ning davralar oralig`idagi birinchi yangi o`yinchisiga aylandi.

“Paxtakor” futbol klubi bosh direktori Dmitriy Adisman Chernogoriya terma jamoasi a`zosi va Evropada o`tgan futbol mavsumini “Rostov”da o`tkazgan Marko Simich bilan “Paxtakor” shartnoma imzolanganini ma`lum qildi.

Futbolchi kelasi ikki yarim yil davomida “sherlar” sharafini himoya qiladi. Unga jamoamizning 55-raqamli libosini klub Prezidenti Bobur Shodiev topshirdi.


Boshqa yangiliklar