“Paxtakor” futbol klubi Prezidenti Bobur Shodiev kecha bo`lib o`tgan matbuot anjumanida OAV savollariga javob qaytardi.
- Jamoaga yangi futbolchilarni olib kelish masalasini kim hal qiladi?
- Ayni damda jamoa qo`shi olishni istagan o`yinchilar ro`yxati bor. Undan ko`p futbolchilar o`rin olgan. Biroq kimlarni olib kelishni faqatgina bosh murabbiy hal qiladi. Bu masalada unga to`liq erkinlik berilgan. Hech kim murabbiylar faoliyatiga aralashmaydi.
- Klubning hozirgi paytda moliyaviy holati qanday? Homiylar kim?
- Biz barcha moliyaviy imkoniyatlarimizni to`g`rilab oldik. Ayni damda moliyaviy tomondan muammo yo`q. Barcha qarzlarimizni yopib bo`lganmiz. “Paxtakor”da bundan so`ng pul bilan bog`liq muammo bo`lmaydi. Homiylarga keladigan bo`lsak, ularning barchasi xususiy tadbirkorlar. Xolding bor va uning tarkibida bir nechta korxonalar mavjud. Ularning sohasi farmasevtika, sug`urta va boshqa faoliyat turlari bilan bog`liq. Shubhasiz, yuqori darajadagi klub tashkil qilamiz. Ctadion yangidan quriladi. Yana klub bazasini to`liq ta`mirlash rejamizdan o`rin olgan. Bu borada loyihalar o`rganib chiqilmoqda.
- Jasur Abduraimovning taqdiri nima bo`ladi?
- Jasur Abduraimovning qaerda ishlashi o`ziga bog`liq. U biz uchun kerakli mutaxassis. Unga katta rahmat aytamiz. Chunki u jamoani og`ir vaziyatdan olib chiqa oldi. Biz Abduraimovga klubda ishni davom ettirishni taklif qilamiz






