AsosiySport

“Real” futbolchisi faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin

'“Real” futbolchisi faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin'ning rasmi

Madridning “Real” klubi himoyachisi Pepening faoliyatini qaerda davom ettirishi hamon noma`lumligicha qolmoqda.

Futbolchi “PSJ” va “Inter” kabi jamoalarning qiziqishiga qaramay, Turkiyaning “Beshiktosh” klubiga o`tishi mumkin. U yiliga 5 mln evro maoshga ega bo`lgan ikki yillik shartnoma va erkin agent sifatida kelgani uchun 2,5 mln evro miqdoridagi bonusga ega bo`lishni istamoqda.

“Xa. Hozir men Pepe masalasi bo`yicha Lissabonda bo`lib turibman. Unga “Inter” va “PSJ” singari grand jamoalar qiziqish bildirmoqda. Biroq u “Beshiktosh”ga o`tishga yaqin turibdi”, – deb aytib o`tdi turk klubi vakili Axmet Bulut.

Boshqa yangiliklar