AsosiySport

KK–2017. Portugaliya yirik hisobda Yangi Zelandiyani taslim qildi va yarim finalga chiqdi (Video)

'KK–2017. Portugaliya yirik hisobda Yangi Zelandiyani taslim qildi va yarim finalga chiqdi (Video)'ning rasmi

Konfederasiyalar Kubogi–2017 musobaqasining “A” guruhi 3-tur uchrashuvlari yakuniga etdi.

Shulardan birida Portugaliya terma jamoasi Yangi Zelandiya futbolchilari bilan kuch sinashdi. Kutilganidek portugaliyaliklar ishonchli g`alabaga erishdi.

Krishtianu Ronaldu, Bernardu Silva, Andre Silva va Nanining gollari Portugaliya termasining 460 hisobidagi yirik g`alabasini ta`minladi.

Yangi Zelandiya – Portugaliya 0:4

Gollar: 0:1 – 33, penalti Ronaldu, 0:2 – 37 Bernardu Silva, 0:3 – 80 Andre Silva, 0:4 – 90 Nani.

Yangi Zelandiya – Marinovich, Dyurent (Smels, 74), Smit, Doyl, Boksell, Roxas, Lyuis (Barbaruses, 65), Tomas, Vud, Ingem, Makglinchi (Tuiloma, 37).

Portugaliya – Ruy Patrisiu, Pepe, Elizeu, Nelson Semedu, Alvesh, Bernardu Silva (Pissi, 46), Danilu Pereyra, Moutinyu, Kuarejma (Jelson Martinsh, 84), Andre Silva, Ronaldu (Nani, 67).

Ogohlantirishlar: Lyuis (19), Nelson Semedu (21), Pepe (56), Ingem (82).


Boshqa yangiliklar