Konfederasiyalar Kubogi–2017 musobaqasi “B” guruhi 3-turidan o`rin olgan Germaniya va Kamerun o`rtasidagi o`yin o`z yakuniga etdi.
Gollarga boy kechgan bahsda Jahon chempionlari Afrika g`oliblarini 3:1 hisobida mag`lubiyatga uchratdi. Shu tariqa, “nemis mashinasi” turnir yarim finaliga chiqdi.
Germaniya – Kamerun 3:1
Gollar: Demirbay 48, - 1:0. Verner 66, - 2:0. Abubakar 78, - 2:1, Verner 81, - 3:1.
Germaniya – ter Stegen, Plattenxardt, Zyule, Ryudiger, Ginter, Djan, Kimmix, Demirbay, Rudi, Draksler, Verner.
Kamerun – Ondoa, Ngade-Ngadjui, Fe, Mabuka, Teyku, Zambo-Angissa, Mandjek, Bassogog, Mukandjo, Abubakar, Siani.






