Londonning “Chelsi” jamoasi hujumchisi Bertran Traore o`z faoliyatini Fransiyada davom ettiradi.
21 yoshli burkina-fasolik futbolchini “Lion” rasman o`z safiga qo`shib oldi. Traorening tranfer qiymati 10 million evroni tashkil qildi. Tomonlar 2022 yilgacha shartnoma imzoladi.
Ma`lumot uchun, Bertran Traore o`tgan mavsumni Amsterdamning “Ayaks” klubida ijara asosida o`tkazib, 39 ta uchrashuvda 13 ta gol urishga erishgan.






