AsosiySport
4730

“Real” rahbariyati Garet Beylni sotmaydi

'“Real” rahbariyati Garet Beylni sotmaydi 'ning rasmi

Madridning “Real” jamoasi rahbariyati va murabbiylar shtabi uelslik yarim himoyachi Garet Beylni transferga qo`ymaydi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, madridliklar bosh murabbiyi Zinedin Zidan uelslik futbolchiga ishonch bildirgan va uni jamoaga kerak ekanini rahbariyatga aytgan. Beylning o`zi ham Madriddan ketish niyati yo`qligini ma`lum qilgan.

Avvalroq Garet Beyl o`z faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkinligi bir necha bor ta`kidlangandi. Uning xizmatlariga, ayniqsa, “MYu” katta qiziqish bildirgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar