AsosiySport

O`zbekiston U-22 termasi 22 futbolchi bilan Qatarga yo`l oladi

'O`zbekiston U-22 termasi 22 futbolchi bilan Qatarga yo`l oladi 'ning rasmi

O`zbekiston U-22 terma jamoasi shu yilning 30 iyun – 6 iyul kunlari Qatar poytaxti Doha shahrida o`tkaziladigan xalqaro musobaqada ishtirok etishi haqida xabar berilgandi.

Bosh murabbiy Ravshan Haydarov mazkur turnirga 22 futbolchini jalb qildi. Quyida ular bilan tanishish mumkin.

Darvozabonlar: Dilshod Hamroev (“Bunyodkor”), Sarvar Karimov (“So`g`diyona”), Botirali Ergashev (“Paxtakor”);

Himoyachilar: Doston Tursunov (“Metallurg”), Husniddin G`ofurov (“Neftchi”), Islom Qobilov (“Metallurg”), Xushnudbek Avilov (“Paxtakor”), Xojiakbar Alijonov (“Paxtakor”), Abbos Otaxonov (“Navbahor”), Oybek Rustamov (“Qo`qon-1912”);

Yarim himoyachilar: Sharof Muhiddinov (“Nasaf”), Abdujamol Isroilov (“Dinamo” Samarqand), Xurshid G`iyosov (“Bunyodkor”), Doniyor Narzullaev (“Nasaf”), Mirjamol Qosimov (“Bunyodkor”), Javohir Siddiqov (“Qo`qon-1912”), Sardor Azimov (“Bunyodkor”), Bekzod G`anijonov (“Qizilqum”), Jasurbek Yaxshiboev (“Paxtakor”);

Hujumchilar: Bobur Abduxoliqov (“Nasaf”), Zabihillo O`rinboev (“Olmaliq”), Andrey Sidorov (“Qo`qon-1912”).

Ma`lumot uchun, ushbu musobaqa O`zbekiston yoshlar termasi uchun 2018 yili Xitoyda bo`lib o`tadigan U-23 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi uchun tayyorgarlik vazifasini o`taydi. Saralash bosqichi shu yilning 15–19 iyul kunlari BAAda bo`lib o`tadi.

Boshqa yangiliklar