“Yuventus” jamoasi Madridning “Real” klubi o`ng qanot himoyachisi Daniloga qiziqib qoldi, deb xabar bermoqda Championat.com nashri.
Turinliklar “Real”ga 15 million evro va bonuslar taklif qilmoqda. “Real” esa braziliyalik futbolchini kamida 19 millionga sotishni rejalashtirgan.
Yaqin orada turinliklar 25 yoshli futbolchining agenti bilan yana bir bor muzokara o`tkazadi.






