AsosiySport

“Lion” Aleksandr Lyakazettni “Arsenal”ga sotmaydigan bo`ldi

'“Lion” Aleksandr Lyakazettni “Arsenal”ga sotmaydigan bo`ldi 'ning rasmi

Fransiyaning “Lion” jamoasi rahbariyati hujumchi Aleksandr Lyakazettni “Arsenal”ga sotish fikridan qaytdi. Bu haqda Sky Sports nashri ma`lum qildi.

Fransiyaliklarning bunday qarorga kelishi sababi noma`lum. 26 yoshli Lyakazettning “Lion” bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilga qadar mo`ljallangan.

Avvalroq “Arsenal”dan tashqari “Atletiko” ham hujumchiga qiziqayotgani, “to`pchilar” esa uning transferiga 50 mln evro to`lashga tayyor bo`lgani va tomonlar og`zaki kelishuvga erishgani ma`lum bo`lgandi.

O`tgan mavsumda Aleksandr Lyakazett Fransiya chempionatida 30 uchrashuv o`tkazib, 28 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Boshqa yangiliklar