AsosiySport

“Liverpul” Oksleyd-Chemberlen uchun 27 mln evro sarflashi mumkin

'“Liverpul” Oksleyd-Chemberlen uchun 27 mln evro sarflashi mumkin'ning rasmi

“Liverpul” jamoasi “Arsenal” bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayotgan yarim himoyachi Aleks Oksleyd-Chemberlenga qiziqish bildirishda davom etmoqda.

London klubi Oksleyd-Chemberlenga haftasiga 25 mln evro to`lashga tayyor, ammo u ko`proq maosh olmoqchi. Uning “to`pchilar” bilan amaldagi kelishuvi 2018 yilgacha mo`ljallangan.

Agar “Arsenal” yarim himoyachisini sotishga qaror qilsa, “Liverpul” 23 yoshli futbolchi uchun 27 million evro to`lashi kerak bo`ladi. Mersisaydliklar voqealar rivojini kuzatishda davom etmoqda.

O`tgan mavsumda Aleks Oksleyd-Chemberlen “Arsenal”ning barcha musobaqalarida jami 45 o`yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 11 ta golli pasga mualliflik qildi.

Boshqa yangiliklar