Ekaterinburg shahrida o`n bir yoshli qizchaning qo`lidagi smartfon yonib ketishi oqibatida u tan jarohati oldi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
Smartfon yonib ketishi oqibatida qizcha termik kuyish jarohatini oldi. Bo`lib o`tgan voqea yuzasidan tergov oldi surushtiruv ishlari olib bormoqda. Qizcha va ota-onasidan tashqari mobil telefon sotilgan salon xodimlarini ham so`roq qilish rejalashtirilmoqda. Surushtiruv ishlari xulosasidan keyin prosessual qaror qabul qilinadi.