AsosiySport

KK–2017. Germaniya yirik hisobda Meksikani engdi va finalga chiqdi (Video)

'KK–2017. Germaniya yirik hisobda Meksikani engdi va finalga chiqdi (Video)'ning rasmi

Konfederasiyalar Kubogi–2017 musobaqasining ikkinchi yarim finalida Germaniya terma jamoasi Meksika futbolchilariga qarshi bahs olib bordi.

Qiziqarli va gollarga boy kechgan o`yinda “nemis mashinasi” 4:1 hisobidagi yirik g`alabani tantana qildi va finalga chiqdi.

Konfederasiyalar Kubogi finalida Chili terma jamoas Germaniya bilan bahs yuritadi. Mazkur o`yin Sankt-Peterburg shahrida bo`lib o`tadi.

Germaniya – Meksika 4:1 (2:0)

Gollar: 1:0 – 6 Goretska, 2:0 – 8 Goretska, 3:0 – 59 Verner, 3:1 – 89 Fabian, 4:1 – 90 Yunes.

Germaniya – ter Shtegen, Xektor, Ginter, Ryudiger, Xenrixs, Goretska (Djan, 67), Kimmix, Rudi, Draksler (Yunes, 82), Verner, Shtindl (Brandt, 79).

Meksika – Ochoa, Moreno, Layyun, Arauxo, Alanis, Akino (Losano, 46), Dos Santos (Markes, 67), Errera, Ximenes, Ernandes, dos Santos (Fabian, 63).

Ogohlantirishlar: Ximenes (55), Jan (72).

Boshqa yangiliklar