AsosiySport

Dani Alves “Yuventus” bilan hamkorlikni to`xtatdi

'Dani Alves “Yuventus” bilan hamkorlikni to`xtatdi'ning rasmi

“Yuventus” jamoasi braziliyalik himoyachi Dani Alves bilan hamkorlik rasman to`xtatdi. Bu haqda klubning “Tvitter”dagi sahifasida ma`lum qilindi.

Ma`lumotlarga ko`ra, tomonlar o`zaro kelishuvga muvofiq shartnomani bekor qildi. O`tgan mavsumda Dani Alves “Yuventus” bilan Italiya chempionligini va mamlakat Kubogini qo`lga kiritdi. Shuningdek, u turinliklar bilan EChL finaligacha etib bordi.

Avvalroq Dani Alves Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi bilan kelishuvga erishgani haqida xabar berilgandi.

Boshqa yangiliklar