AsosiySport
9762

​Argentinada Messining nikoh to`yi nishonlanadi

'​Argentinada Messining nikoh to`yi nishonlanadi'ning rasmi

Bugun Lionel Messi ona shahri Rosarioda farzandlarining onasi Antonella Rokusso bilan nikoh to`yini nishonlaydi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.

Futbolchining nikoh to`yiga 600 nafar mehmon, shu jumladan xonanda Shakira va “Barselona” yulduzlari tashrif buyurishi kutilmoqda. Shaharda barcha xavfsizlik choralari kuchaytirildi.

Rosario — Messi va Antonellaning ona shahri hisoblanadi. Futbolchi turmush o`rtog`i bilan bolaligidan birga o`sgan, 17 yildan beri uchrashishadi. Juftlikning ikki nafar — to`rt yoshli Tyago va bir yoshli Mateo ismli o`g`illari bor.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar