1989 yilda asos solingan afsonaviy “Bolalar” guruhi asoschisi va yakkaxoni Tohir Sodiqov bugun, 1 iyul kuni tug`ilgan kunini nishonlamoqda.
“Kerak emas”, “Esingdami”, “Sen aytarding”, “Yoz alvido” kabi qo`shiqlari bilan millionlab qalblarga kirib borgan xonanda 43 yoshni qarshiladi.
“Bolalar” o`zbek shou-biznesi tarixidagi eng omadli guruhlardan biri sifatida e`tirof etiladi.
Guruhning “Kerak emas” qo`shig`i 2001 yilning “Eng yaxshi qo`shig`i” deb e`tirof etilgan bo`lsa, 2002 yilda mazkur guruh “Yilning eng yaxshi guruhi” nominasiyasida “Tarona” mukofotini qo`lga kiritgan.
“Darakchi.uz” jamoasi nomidan Tohir Sodiqovni tug`ilgan kuni bilan muborakbod etamiz!