AsosiySport

“Liverpul” “Sevilya” posboniga qiziqib qoldi

'“Liverpul” “Sevilya” posboniga qiziqib qoldi 'ning rasmi

Angliyaning “Liverpul” klubi “Sevilya” posboni Serxio Rikoga qiziqib qoldi. Bu haqda ABC Sevilla nashri xabar bermoqda.

Ma`lum bo`lishicha, mersisaydliklar 23 yoshli darvozabon uchun 12 million evrodan voz kechishga tayyor. Biroq posbonning shartnomasida tovon puli 30 million evro miqdorida belgilangan.

O`tgan mavsumda Serxio Riko Ispaniya chempionatida 35 o`yin o`tkazib, o`z darvozasidan 45 ta gol o`tkazib yuborgan.

Boshqa yangiliklar