Yaponiyaning Kyusyu orolida joylashgan Nagasaki shahriga "Nanmadol" tayfuni yopirilishi oqibatida 40 dan ortiq aviareys bekor qilindi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
Shu bilan birga bir qator parom harakatlari to`xtatildi, tayfun temiryo`l harakatiga ta`sir ko`rsatmaydi.
"Nanmandol" tayfuni yakshanba kuni Okinavaning janubiy prefekturasida paydo bo`lib, yangi kuch bilan Yapon arxipelagi tomon yo`l oldi. Seshanba kuni ertalab tayfun Kyusyu orolidagi Nagasaki shahriga yopirildi. Tayfun markazidagi bosim 985 gektopaskalni tashkil etdi. Markazda shamolning tezligi sekundiga 30 metr, kuchayganda esa sekundiga 40 metrni tashkil etmoqda. Tayfun chorshanba kuni ertalab sharqiy qirg`oqdagi Tokio shahri joylashgan Xonsyu oroliga etib boradi.