O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining qarori bilan “O`zagroeksportbank” aksiyadorlik tijorat bankiga bank operasiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi lisenziya berildi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.
Yangi bankning ustav kapitali 10 mln evro ekvivalentida shakllantirildi. Banking asosiy aksiyadorlari – O`zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasi (75%), «O`zbekinvest» eksport-import milliy sug`urta kompaniyasi (10%), «O`zagrosug`urta» AJ (5%), «Kafolat SK» AJ (5%) va «O`zbekinvestxolding» XK (5%) dir.
«O`zagroeksportbank» ATB o`zining ustuvor yo`nalishini mamlakatimizning agrosanoat sohasini, birinchi navbatda meva-sabzavot mahsulotlari etishtirishni rivojlantirish, uning zarur infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan investisiya loyihalarini moliyalashtirish va eksport salohiyatini oshirish, mijozlarga agrosanoat, birinchi navbatda meva-sabzavot mahsulotlarini xorijiy banklar, moliyaviy institutlar, diplomatik va savdo vakolatxonlari bilan hamkorlikda xalqaro bozorlarga olib chiqish borasida strategik dasturlar ishlab chiqishga qaratadi.