Londonning “Arsenal” klubi Fransiyaning “Lion” klubi hujumchisi Alekdander Lyakazettni sotib olgani klub matbuot xizmati tomonidan rasman e`lon qilindi.
“To`pchilar” 26 yoshli futbolchining transferi uchun 60 mln evro (53 mln evro + 7 mln evro bonus) to`laganligi ma`lum bo`ldi. Bu kelishuv “Arsenal” uchun rekord miqdordagi transfer bo`ldi. Qolaversa, “Lion” uchun ham mazkur transfer eng qimmatbaho sotuvga aylandi.
Ma`lumot o`rnida, fransiyalik futbolchi yakunlangan mavsum “Lion” chempionatda jami 30 ta uchrashuvda maydonga tushgan va o`z hisobiga 28ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo`yishga erishgan.