AsosiyJamiyat

Toshkent davlat pedagogika universiteti dekani muovini 7 ming dollar pora olayotganda ushlandi

'Toshkent davlat pedagogika universiteti dekani muovini 7 ming dollar pora olayotganda ushlandi'ning rasmi

2017 yilning 10 iyul kuni taxminan soat 16:00larda, Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan Chilonzor tumanida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining boshlang`ich ta`lim va jismoniy madaniyat fakultetining ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha dekan muovini Abduraimova Gulchiroy Ozotovna, fuqaro Maxmudov Lazizning ishonchiga kirib, tanishi Axmedov Olimjonni mazkur universitetga oliygohning mansabdor shaxslariga pora berish yo`li bilan o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilib, buning uchun undan 7.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan qo`lga olingan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tuman prokuraturasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik, ya`ni ancha miqdorda, o`zganing mulkini aldash va ishonchni suiiste`mol qilish yo`li bilan qo`lga kiritish) va 28, 211-moddasi 1-qismi (pora berishga dalolatchilik qilish) alomatlari bilan jinoyat ish qo`zg`atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Jabrlanuvchining anketa ma`lumotlari o`zgartirilgan bo`lib, familiya va ismlarning har qanday o`xshashligi tasodifiy harakterga ega.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar