Iroq bosh vaziri Mosul shahri DAISh jangarilaridan ozod qilingani haqida ma`lum qilgandan keyin, Iroq armiyasi jangchilari shaharda qolgan jangarilarni ko`chalariga sudrab chiqdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.
Nashrning xabar berishicha, shaharni jihodchilardan ozod qilish uchun bir yildan ortiq vaqt ketgan. Mosulning Eski shahar qismi uzoq vaqt jangarilar nazoratida bo`ldi. Mosul shahri DAISh jangarilaridan ozod etilgani haqida e`lon qilinganiga qaramay, harbiylar hamon yashiringan so`nggi jangarilarni topish va yo`q qilish ishlari bilan shug`ullanmoqda. Hukumat qo`shinlari DAIShga aloqadorlikda gumonlangan shaxslarni so`roq qilmoqda. Harbiylarning ma`lumot berishicha, DAISh qayta tuzilmasligi uchun eng so`nggi jangariga qadar yo`q qilinishi lozim.