Madridning “Real” hamda Kataloniyaning “Barselona” klublari o`rtasidagi Ispaniya Superkubogi bahslari o`tkaziladigan sanalar aniq bo`ldi.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko`ra superkubok uchun dastlabki o`yin 13 avgust kuni “Kamp Nou”da, javob uchrashuvi esa 16 avgust kuni “Santyago Bernabeu”da o`tkaziladi.
Bundan tashqari Ispaniya qirolligi futbol federasiyasi La Liganing yangi mavsumi qaysi kuni start olishini ham e`lon qildi. Unga ko`ra 19 iyul kuni musobaqaning dastlabki turiga start beriladi. Musobaqaning so`nggi turi esa 20 may kuniga rejalashtirildi.