O`zbekistonlik qo`shiqchi xalqaro tanlovda sovrindor bo`ldi

Shou-biznes 14.08.2013, 22:46
O`zbekistonlik qo`shiqchi xalqaro tanlovda sovrindor bo`ldi
O`zbekistonlik yosh va iqtidorli ijrochi Sardor Ishmuhamedov Belorussiyada bo`lib o`tgan «Vitebsk—2013» estrada ijrochilari Xalqaro tanlovida ishtirok etib, fahrli diplom bilan taqdirlandi. Qo`shiqchi o`zbek milliy kuyini yuksak mahorat bilan va ta`sirli qilib kuylagani ko`pchilik musiqa ixlosmandlarining olqishiga sazovor bo`ldi. 

«Slavyanskiy bazar» deb nomlangan san`at bayrami doirasida an`anaviy tarzda o`tkaziladigan «Vitebsk—2013» tanlovida bu yil dunyoning 21 davlatidan kelgan qo`shiqchilar ishtirok etdi. Tanlov hay`ati ijrochilarning mahoratida avvalgi yillarga nisbatan o`sish kuzatilganini ta`kidladi.


Tanlovning birinchi kuni Sardor Ishmuhamedov sahnada «Hay yor-yor» deb aytiladigan xalq kuyini ijro etdi. Xonandaga toshkentlik dizayner Saida Amir tomonidan taqdim etilgan milliy liboslar esa ijroga qo`shimcha chiroy va sharqona bezaklar berdi. 

Manba: Farishta.uz

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1