1

​FINLYaNDIYaLIK OLIMLAR KO`Z PARDASINI IXTIRO QILIShDI

Hi-tech 24.07.2017, 11:10
​FINLYaNDIYaLIK OLIMLAR KO`Z PARDASINI IXTIRO QILIShDI

Ko`z insonning eng muhim va murakkab azosi hisoblanadi. Bugungi kunda mana shu muhim azo bilan bog`liq ko`plab kassalliklar borligi barchamizga ma`lum.

Olimlarning takidlashicha hozirda ko`z bilan bog`lik kassalliklarning ko`p qismi o`ta yorug`likka yoki qorong`ulikka uzoq qarashdan kelib chiqayotgan ekan. Masalan, o`zimiz ham bir kunda uyali aloqa vositamizga necha marotaba qarashimizni hisoblasak, ko`z kasalliklarining asosiy qismi qaerdan kelib chiqayotganini tushunamiz. Yaqinda Finlandiya olimlari o`ta yorug`likdan va qorong`ulikdan ko`z sohasini asrovchi yangi ko`z pardasini o`ylab topishdi. Bu ixtiro Tamper texnologiya universiteti professori Arri Priymyagi va u boshchiligidagi olimlarga tegishli bo`lib, ular bunga ko`p yillik say-harakatlari natijasida erishishdi. Yangi ko`z pardasi insonlarda yuzaga kelayotgan kasalliklarni kamaytirishga xizmat qiladi va u aynan shuning uchun yaratilgan deb takidlaydi loyiha raxbari professor Arri Priymyagi. Hozirda yangi ko`z pardasini qayta sinovdan o`tkazish ishlari amalga oshirilmoqda. Sinovlar samarali yakunlangach, u omma etiroriga havola qilinadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1