Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi davralar oralig`ida o`z tarkibiga qo`shib olgan yangi futbolchilarni keng ommaga tanishtiradi.
Tadbir 26 iyul, chorshanba kuni “Bunyodkor” stadioni matbuot anjumanlari zalida soat 12:00da boshlanadi. Unda ommaviy axborot vositalari xodimlari “qaldirg`ochlar”ning yangi a`zolariga aylangan futbolchilar bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega bo`ladilar.
Shuningdek, klub rahbariyati tomonidan “Bunyodkor”ning yangi futbolchilari uchun atalgan futbolkalar ham tantanali ravishda topshiriladi. Taqdimot marosimiga OAVning barcha bo`g`inlarida faoliyat yuritayotgan jurnalistlarni taklif etiladi.