AsosiySport

O`SMIRLAR VA YoShLAR O`RTASIDAGI OChNING MEZBON MAMLAKATLARI NOMI MA`LUM BO`LDI

'O`SMIRLAR VA YoShLAR O`RTASIDAGI OChNING MEZBON MAMLAKATLARI NOMI MA`LUM BO`LDI 'ning rasmi

2018 yili o`smirlar (U-16) va yoshlar (U-19) o`rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladigan mamlakatlar nomi ma`lum bo`ldi.

2018 yilning 20 sentyabridan 7 oktyabriga qadar bo`lib o`tishi ko`zda tutilgan o`smirlar (U-16) o`rtasidagi Osiyo chempionatiga Malayziya mezbonlik qiladigan bo`ldi. Yoshlar (U-19) o`rtasidagi Osiyo chempionatlari o`yinlari 2018 yilning 18 oktyabr – 4 noyabr kunlari Indoneziyada bo`lib o`tadi.

Ma`lumot uchun, U-16 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi uchrashuvlari shu yilning 16–24 sentyabr kunlari o`tkaziladi. Dilshod Nuraliev bosh murabbiyligidagi O`zbekiston o`smirlar termasi saralash bosqichining “A” guruhidan joy oldi va OCh final yo`llanmasi uchun guruh mezboni Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Iordaniya va Shri-Lankaga qarshi bahs olib boradi.

Aleksandr Mochinov boshchiligidagi O`zbekiston yoshlar terma jamoasi esa U-19 OChga saralash bosqichi “B” guruhidan o`rin olgan. Guruhda, shuningdek, mezbon Tojikiston, Bangladesh, Maldiv orollari va Shri-Lanka joy olgan. Mazkur saralash o`yinlari shu yilning 31 oktyabr – 8 noyabr kunlari bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar