1

OZODBEK NAZARBEKOV "YoShLAR" TELEKANALI RAHBARLIGIDAN KETDI

Jamiyat 26.07.2017, 15:03
OZODBEK NAZARBEKOV "YoShLAR" TELEKANALI  RAHBARLIGIDAN KETDI

O`zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov "Yoshlar" teleradiokanali direktorligidan ketdi. UZ24 manbasining xabar berishicha, xonanda o`z ixtiyori bilan ushbu lavozimdan ketmoqchiligini rahbariyatga ma`lum qilgan.

Tasdiqlanmagan ma`lumotlarga qaraganda, u telekanalda bosh prodyuser sifatida faoliyatini davom ettiradi.

Eslatib o`tamiz, Prezident Ozodbek Nazarbekovni "Yoshlar" teleradiokanali direktori etib tayinlagan edi. O`tgan haftada uning tashabbusi bilan tayyorlangan yangi teleloyiha efirga uzatilgandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1