AsosiyJamiyat

Niklas Lindkvist Finlyandiya elchisi etib tayinlandi

2013 yil 1 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Finlyandiya Respublikasining qayta tayinlangan Favquloda va muxtor elchisi (qarorgohi Xelsinkida) Niklas Lindkvistni qabul qildi.  

Elchi O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga atalgan ishonch yorlig`ini topshirdi. Bu haqda O`zbekiston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar beradi.
Suhbat chog`ida turli sohalarda ikkitomonlama hamkorlikning ustuvor yo`nalishlari, shuningdek ayrim xalqaro va mintaqaviy  masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Muntazam ravishda tashqi ishlar vazirliklari maslahatlashuvini o`tkazish amaliyotini davom ettirish, parlamentlararo aloqalarni rivojlantirishdan ikki tomon g`am manfaatdorligi ta`kidlandi.

Savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni chuqurlashtirishning istiqbollarini muhokama qilish doirasida tomonlar o`zaro foydali loyihalarni amalga oshirish uchun etarli salohiyat mavjudligiga e`tibor qaratdilar. 

Uchrashuvda shuningdek, sog`liqni saqlash, ilmiy va ta`lim muassasalari o`rtasida aloqalarni kengaytirish masalalari ham ko`rib chiqildi. 
Foto: A.Ilyasov ("Jahon"AA)

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar