AsosiyJamiyat

My.gov.uz: Daraxt kesishdan oldin unga qancha jarima to`lashingizni bilib oling

Davlatimizning yashil o`simliklar borasidagi alohida g`amxo`rligining sababini tushunish uchun, bu ajoyib tabiat resurslarining insonlar hayotining asosiy manbai bo`lgan kislorodni (O2) etishtirib berishlarini esga olishning o`zi kifoya.

Bundan tashqari yashil o`simliklar, har bir aholi punktining arxitekturaviy ko`rinishini yaxshilashda, muhim iqlim funksiyalarini bajarishda va umuman ekologik sog`lom atrof muhitni yaratishda asosiy resurs bo`lib xizmat qiladilar. Shunday qilib, yashil o`simliklarni, daraxtlarni kesish oddiy tadbir bo`lib qolmasdan, bunday xarakatlar qat`iy ravishda asoslangan bo`lishi lozim. Shu nuqtai nazarlardan kelib chiqqan holda, davlat tomonidan bunday tabiiy resurslar bilan muomala qilishning aniq tartib qoidalari ishlab chiqiladi.
Xatto daraxt siz tomoningizdan, shaxsan o`z oynangiz oldida ekilgan bo`lsa ham, uni faqat tegishli davlat hokimyati organlari (hokimliklar) tomonidan, tabiatni muhofaza qilish organlari bilan kelishilgan holda beriladigan ruxsatnoma asosida, tegishli to`lovlarni amalga oshirgandan so`ng kesish mumkin. Yagona portalda, davlat o`rmon fondidan tashqari, daraxtlar va butalarni kesish uchun to`lanadigan to`lovlar miqdori, yashil o`simliklarga etkazilgan zarar va ularni o`zboshimchalik bilan kesganlik uchun jarima miqdorlari va boshqalar haqida ma`lumot joylashtirildi. Ushbu ma`lumot quyidagi[url=http://my.gov.uz/uz/page/penalty_cutting.html] manzilda   joylashgan bo`lib, fuqarolar uchun foydali hisoblanadi.

Ma`lumot uchun eslatib o`tish mumkinki, daraxtlarni kesishdan oldin, bunday daraxtlarni kesishga ruxsat etilishini, va agar ruxsat etilsa, u holda, qay tartibda bu tadbir amalga oshirilishini aniqlab olish lozim. Agar siz daraxtlarni noqonuniy kesilishining, ular bilan muomala qilish tartiblari bo`zilishi va boshqa holatlarning guvohi bo`lib qolsangiz, siz Yagona portal orqali O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish [url=http://my.gov.uz/uz/service/89/37%20]Davlat qo`mitasiga  murojaat qilishingiz mumkin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar